Turkiya Mudofaa vazirligi: Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchilariga qarshi harbiy amaliyotlar oʻtkazilmoqda

10:36 25 Dekabr 2023 Dunyo
437 0

Vazirlikning xabar qilishicha, 12 nafar turk askarining oʻlimidan soʻng Iroq shimolida Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga qarshi harbiy amaliyotlar oʻtkazilmoqda.

Shanba oqshomida Iroq shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan uyushtirilgan hujum chogʻida olti nafar turk askari, harbiy operatsiya hududidagi toʻqnashuvlarda yana olti nafar askar halok boʻldi.

Turkiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Iroqdagi amaliyotlar davomida 16 nafar jangari yoʻq qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер