“Turkiya – Eron – Turkmaniston – Oʻzbekiston” yangi temir yoʻl yoʻnalishida yuk tashuvlari boshlandi
Kecha, 3-dekabr kuni Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalida “Turkiya – Eron – Turkmaniston – Oʻzbekiston” yangi temir yoʻl yoʻnalishining ochilishiga bagʻishlab tantanali tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda dastlab Turkiyadan Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqqan birinchi yuk poyezdini kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Maishiy texnika vositalari ortilgan 40 ta vagondan iborat ushbu yuk poyezdi Turkiya, Eron, Turkmaniston boʻylab harakatlanib Oʻzbekistonga yetib keldi.
Umumiy uzunligi 4500 kmdan ortiq boʻlgan ushbu yoʻnalish katta rivojlanish salohiyatiga ega boʻlib, Oʻzbekiston yuklarini xalqaro yoʻnalishlarda tashish uchun qoʻshimcha yoʻnalish hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring