Turkistondagi Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasi 15-iyundan ochiladi
Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi 15-iyun kuni ochiladi. Bu haqda viloyat hokimi Oʻmirzak Shoʻkeyev oʻzining “Facebook”dagi sahifasida yozdi.
«15-iyundan boshlab Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasini ochamiz. Karantin muddati uzaytirilganligi sababli ushbu obyekt faoliyati toʻxtatilgandi. Endi shahar mehmonlari maqbaraga tashrif buyurishlari mumkin.
Shuningdek, siz yangilangan shaharga guvoh boʻlasiz. Maqbara sayyohlar uchun maʼnaviy markaz vazifasini bajaradi. Eng muhimi, xavfsizligingiz uchun sizdan karantin talablariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻrayman», - dedi Oʻmirzak Shoʻkeyev.
Eslatib oʻtamiz, Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasi mamlakatda xavfli epidemiya tufayli vaqtincha yopilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring