“Turkiston — Yunusobod — Shahriston” metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi
Joriy yilning 26-avgust sanasidan boshlab Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari yopilishi munosabati bilan “Turkiston — Yunusobod — Shahriston” metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi 18 metrli 10 dona avtobuslar (metrobus) harakati yoʻlga qoʻyilmoqda.
Shuningdek, ushbu avtobuslar belgilangan yoʻnalishda quyidagi 3 ta bekatlarda toʻxtab harakatlanadi:
1. Turkiston metro bekati;
2. Yunusobod metro bekati (“Mega Planet” savdo markazi qarshisida);
3. Shaxriston metro bekatiga tushish qismlarida.
Bu avtobuslarning kunlik ish faoliyati 5 daqiqalik intervalda tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar bepul amalga oshiriladi.
Avtobuslarning oldi va yon qismlarida metro belgisi (metrobus) oʻrnatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring