Turkiy davlatlar teatrlari direktorlarining IX qurultoyi oʻtkazildi

11:53 09 Noyabr 2023 Madaniyat
265 0

Ozarbayjon respublikasining Shusha shahrida Xalqaro TURKSOY tashkiloti tomonidan “SHUSHA—2023-yilda TURK DUNYOSI MADANIYATI POYTAXTI”  nomli uchrashuv oʻtkazildi. Ozarbayjon respublikasi madaniyat vazirligi mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Moldova, shimoliy Kipr va Turkiya davlatlaridan tashrif buyurgan teatr direktorlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, TURKSOYga aʼzo davlat teatrlarining oʻtgan yil teatr mavsumi davomidagi faoliyati haqida sarhisoblar, endilikda hamkorlikda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar (ikki tomonlama shartnomalar, master-klasslar, festivallar va hk),  dramaturglarining asarlarini qardosh oʻlkalar teatr repertuarlariga olinishi, rassomlar hamda teatr rejissyorlarining teatrlar oʻrtasidagi ikki tomonlama taklif qilinishi va yangi 2024-yil uchun hamkorlik ish rejalari masalalari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunida esa TURKSOYga aʼzo davlat teatrlari direktorlari kengashining kelgusi yilda oʻtkaziladigan X qurultoyi haqida va unga qaysi davlat mezbonlik qilishi haqida takliflar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер