Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi

14:26 11 Noyabr 2022 Siyosat
995 0

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yigʻilish yakunlariga qisqacha toʻxtalib, unda juda muhim qaror va kelishuvlarga erishilganini taʼkidladi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va sheriklikni mustahkamlashda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning alohida hissasi borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan ularni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Rejep Tayyip Erdogʻan va Gurbanguli Berdimuhamedovga bu mukofotlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilgan. Uning ilk sohibi turkiy dunyo birligiga qoʻshgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulugʻ gumanist Chingiz Aytmatov boʻldi.

Bu mukofot Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.

Rejep Tayyip Erdogʻan, Gurbanguli Berdimuhamedov va Sadir Japarov mukofotlar uchun minnatdorlik bildirib, Samarqand sammiti juda samarali, xalqlarimiz uchun manfaatli boʻlganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер