Turk futboli yulduzi “Arsenal”ga oʻtishi mumkin
Italiyaning “Yuventus” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan turkiyalik futbolchi Kenan Yildiz faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Caught Offside” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, ingliz klubi futbolchining agenti Xorxe Mendes bilan ushbu transfer ustida ish boshlagan. Taxminlarga koʻra, futbolchining transferi uchun “Arsenal” klubi 90–100 million yevro atrofida mablagʻ sarflashi mumkin.
Avvalroq, Yildizni “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham kuzatib borayotgani xabar qilingandi. Turkiyalik yarim himoyachining “Yuventus” bilan shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan.
Maʼlumot uchun, Kenan Yildiz “Yuventus” jamoasiga 2022-yilda “Bavariya”dan kelib qoʻshilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring