Turakul Arzikulov Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi
Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Arzikulov Turakul Sadikovich Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
T. Arzikulov 1993-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1995-yilda klinik ordinatura, 1998-yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik xastaligi xirurgiyasi boʻlimida ilmiy xodim sifatida boshlagan.
Turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori oʻrinbosari, Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori, Toshkent viloyati cogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori T. Arzikulov tayinlovga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamentida masʼul lavozimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring