Tugʻma yurak porogi bor fuqaroning operatsiyasi uchun Ombudsman koʻmagida 28,5 mln. soʻm ajratildi

11:29 10 Iyun 2022 Jamiyat
1020 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilga (Ombudsmanga) fuqaro Ya.S. akasi Ya.N.da tugʻma yurak-porogi aniqlanganligi va uni operatsiya qilish boʻyicha davlat tomonidan yordam berilmayotganligidan norozi boʻlib murojaat qildi. Murojaat muallifining yozishicha, bemorni zudlik bilan operatsiya qilmasa ahvoli ogʻirlashish mumkin, lekin uning ijtimoiy holati ogʻir boʻlgani sababli operatsiya xarajatlarini koʻtara olmaydi.

Mazkur murojaat Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanovga oʻrganish va darhol tegishli choralar koʻrish uchun yuborildi.

Mintaqaviy vakilning murojaati asosida bemorga Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan operatsiya uchun order berildi.

Shuningdek, Narpay tuman hokimiga murojaat qilinib, bemor Ya.N. Istiqlol MFYdagi “Temir daftar”ga kiritish va operatsiya xarajatlari uchun mablagʻ ajratish tavsiya etildi.

Natijada Ya.N. operatsiyasi uchun 21,5 mln soʻm ajratildi. Bundan tashqari viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan qolgan 7 mln soʻmlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер