Transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini koʻrsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi

10:50 22 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
539 0

Foto: Illustrativ surat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar ayrim soliq imtiyozlari belgilandi. Bu haqda soliq qoʻmitasi xabar bermoqda.

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari hamda ular oʻrnatilgan avtomobil toʻxtash joylari joylashgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan, shuningdek, Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari mol-mulk soligʻidan;

asosiy faoliyat turi transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini koʻrsatish (ushbu faoliyat turi boʻyicha tushumning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi ulushi 50 foiz va undan yuqori) boʻlgan tadbirkorlar foyda soligʻidan;

transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini koʻrsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi.

Moliya vazirligi 3 oy muddatda Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish choralarini koʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер