Transport vazirligida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi oʻtkazildi

20:36 06 Sentyabr 2023 Jamiyat
481 0

Joriy yilning 25-iyul kuni Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi vakillari ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Kengash eʻtiboriga vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi transport nazorati inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi ”Raqamli transport“ markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari loyihalari taqdim etildi va mazkur loyihalar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.

Tadbir doirasida taqdim etilgan loyihalar batafsil muhokama qilindi, takliflar berildi va Kengash aʻzolari tomonidan maʻqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер