Transport vazirligida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi
Foto: Халқ сўзи
Bugun Transport vazirligi rahbariyati hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mutasaddilari ishtirokida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mamlakatimizning transport salohiyatini yanada yuksaltirish, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda yurtimiz milliy manfaatlarini mustahkamlashda xorijiy davlatlardagi elchilarimizning oʻrni nihoyatda beqiyosdir.
Aynan shu nuqtayi nazardan mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan tashkil etilgan ushbu muloqot barcha uchun birdek manfaatli boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring