Transport vazirligi va Seul universiteti oʻrtasida kelishuv imzolandi
Avval xabar berilganidek, Transport vaziri oʻrinbosari I.Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruhning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida transport sohasida oʻzaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.
Seul shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Seul universiteti oʻrtasida yoʻl xoʻjaligi va transport sohasida texnologik yechimlarni almashish borasida hamkorlik oʻrnatish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Kelishuvga muvofiq mazkur nufuzli universitet tomonidan “Oʻzbekistonda yoʻl harakati xavfsizligi salohiyatini rivojlantirish” grant loyihasini hamkorlikda amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring