Trampning reytingi prezidentlik muddati boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Trampning reytingi 42 foizga tushib ketdi, bu uning prezidentlikka qaytganidan beri eng past koʻrsatkichdir. Bu “Reuters” agentligi “Ipsos” tadqiqot kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan soʻrov natijalarida maʼlum boʻldi.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, Trampni maʼqullash reytingi bir necha oy ichida besh foiz punktga tushib ketgan. Yaʼni yanvar oyida lavozimga kirishganidan soʻng reyting 47 foizni tashkil etgan boʻlsa, aprel oyi boshida bu raqamlar 43 foiz darajasida qolgandi.
Soʻrov shuni koʻrsatdiki, amerikaliklarning qariyb 60 foizi mamlakat amaldagi prezident davrida xalqaro ishonchni yoʻqotmoqda, deb hisoblaydi. Ular orasida respondentlarning uchdan bir qismi Respublikachilar partiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, respondentlarning qariyb 75 foizi Trampning bunday imkoniyat haqidagi oldingi bayonotlariga qaramay, uchinchi muddatga saylovlarda ishtirok etishiga qarshi chiqqan. Respublikachilarning yarmidan koʻpi ham uning uchinchi sayloviga qarshiligini bildirgan. Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, AQSH Konstitutsiyasi prezidentning ketma-ket ikki muddatdan ortiq lavozimda turishini taqiqlaydi.
Soʻrov shu yilning 16-21-aprel kunlari oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring