Tramp Vashingtonda oʻlim jazosini qoʻllashni tasdiqlovchi farmonni imzoladi
Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonda oʻlim jazosini qoʻllashni tasdiqlovchi farmonni imzoladi. Bu haqda Oval kabinet xabar berdi.
Shu tariqa bu jazo shtat hisoblanmaydigan Kolumbiya okrugida kuchga kirdi. Poytaxt hududi esa rasman Kongress tomonidan boshqariladi.
Amerika nodavlat oʻlim jazosi axborot markazi maʼlumotlariga koʻra, 1973-yildan beri AQSHda oʻlimga hukm qilingan 200 kishi oqlangan, ulardan 108 nafari qora tanli edi.
Hozir oʻlim jazosi AQSHning 27 shtatida qonuniy boʻlib, ulardan oltitasida moratoriy mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring