Tramp Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi mojaroni tez orada hal qilishini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi nizoni tezkor hal etish niyatida ekanini bildirdi, deb xabar beradi TASS.
— Men eshitdimki, Pokiston va Afgʻoniston muzokaralarni boshlagan. Lekin bu masalani men juda tez hal qilaman, — dedi AQSH rahbari Malayziyada oʻtayotgan ASEAN sammiti doirasida jurnalistlarga.
Eslatib oʻtamiz, Pokiston va Afgʻoniston delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralar 25–26-oktyabr kunlari Istanbulda boʻlib oʻtgan va ularni davom ettirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 26-oktyabr kechqurun Pokiston tomoni Afgʻoniston bilan chegarada yangi qurolli toʻqnashuvlar boʻlgani haqida xabar bergan. Ularning maʼlum qilishicha, bu jarayonda “Fitna al-Xavorij” nomli jangari guruhning 25 nafar aʼzosi yoʻq qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring