Men prezident boʻlmaganimda Shimoliy Koreya bilan urush boʻlardi - Tramp
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan munosabatlarni saqlab qolganiga ishonch bildirdi, deya xabar bermoqda Ria.ru.Amerika rahbari bu haqda Oq uydagi matbuot anjumani chogʻida aytib oʻtgan.
Trsmpning taʼkidlashicha, hafta boshida KXDR qisqa masofaga uchadigan raketalarni sinovdan oʻtkazgan. Shuning davlat rahbari yaqinda Kim Chen Indan “ajoyib” xat olganini ham maʼlum qilgan.
“Menimcha, bizda hamma narsa yaxshi”, deydi Amerika prezidenti.
“Agar men prezident boʻlmaganimda Qoʻshma Shtatlar va KXDR oʻrtasida urush boʻlardi. Bu dunyoni va hayot qanday ishlashini tushunmaydiganlar uchun”, deydi Tramp.
Taxmin qilinishicha xatda ikki davlat rahbarining yaqin munosabatlari haqida soʻz borgan. Bundan keyin ham shunday davom etishi soʻralgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring