Tramp G7 sammitini kuzga qoldirdi va unga Rossiyani ham chaqirmoqchi

15:49 31 May 2020 Jamiyat
1059 0

AQSH prezidenti Donald Tramp G7 sammitini koronavirus pandemiyasi sababli kuzga koʻchirdi va unga Rossiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni taklif qilmoqchi.

Trampning fikricha, guruhning hozirgi formati eskirgan. Prezident bu haqda 30-may kuni eʼlon qildi.

“Men “yettilik” dunyoda yuz berayotgan hodisalarni tegishli ravishda hal qilayotganini koʻrmayapman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Oq uy matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, AQSH “yettilik” uchrashuvida aʼzo davlatlar bilan Xitoyni muhokama qilish” istagida.

Avvalroq AQSH 10-iyunga rejalashtirilgan G7 sammitini iyun oxiriga koʻchirishi maʼlum qilingandi.

Ayni vaqtda G7 tarkibiga AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya va Yaponiya kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер