Tramp Eron energetika infratuzilmasiga zarba berish boʻyicha moratoriyni uzaytirdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning energetika infratuzilmasi obyektlariga zarba berishni 10 kunga toʻxtatib turishini maʼlum qildi. Tegishli post Truth Social ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.
— Eron rasmiylarining iltimosiga binoan, ushbu bayonotni energetika obyektlarini yoʻq qilishni 10 kunga — 2026-yil 6-aprel, dushanba kuni soat 20:00 ga qadar toʻxtatib turishimning tasdigʻi sifatida qabul qilishingizni soʻrayman, — deb yozdi Amerika yetakchisi.
Trampning soʻzlariga koʻra, Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda.
— Yolgʻonchi OAVlarning notoʻgʻri xabarlariga qaramay, ular (muzokaralar) juda yaxshi ketmoqda, — deya qoʻshimcha qildi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring