Tramp AQSH barcha muammolarni hal qilishi uchun Jo Baydendan qutilish zarurligini aytdi

00:00 11 Aprel 2023 Dunyo
1074 0

Foto: Reuters

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar uchinchi jahon urushida oʻq-dorisiz qolib ketish xavfi ostida ekanini aytdi. U shu haqda “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozgan.

“Qoʻshma Shtatlar bosib oʻtgan yoʻl ortidan biz tez orada uchinchi jahon urushiga duch kelamiz va oʻq-dorisiz qolamiz”, deb yozgan Qoʻshma Shtatlarning sobiq rahbari.

Tramp, shuningdek, Vashington oldida turgan barcha geosiyosiy muammolarni hal qilish uchun AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydendan qutilish zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, Tramp ham prezidentlikka saylanganida uchinchi jahon urushining oldini olishga vaʼda bergan edi.

“Toʻgʻrisini aytsam, biz shunday ketaversak uchinchi jahon urushi, Xitoy va boshqalar bilan katta urushga duch kelamiz”, deya ogohlantirgan edi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер