Tojikistonda 15 kishida koronavirus aniqlandi
Rasmiy xabarlarga koʻra, Tojikistonda koronavirus bilan bogʻliq 15 ta holat aniqlandi, ulardan oʻn kishi Xoʻjandda, yana besh kishi Dushanbeda kasallangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida oʻtgan respublika shtabining favqulodda yigʻilishida maʼlum qilingan.
“Umumiy hisobda ikki ming kishi hozirda nazorat ostida”, — deya Sputnik Tojikiston manbasi maʼlum qilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus bilan bogʻliq 3,3 milliondan ziyod holat etilgan. Koronavirusdan tuzalganlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda. 228 mingga yaqin kishi esa virus qurboniga aylangan.
Markaziy Osiyoda Qozogʻistonda 3 138, Oʻzbekistonda 2 017, Qirgʻizistonda esa 729 ta koronavirus bilan holat qayd etilgan. Rasmiy xabarlarga koʻra, Turkmaniston ushbu kasallikdan xoli Markaziy Osiyoning yagona davlati boʻlib qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring