Tojikiston koronavirusning ikkinchi toʻlqiniga tayyor ekanligi aytildi

14:57 30 Oktyabr 2020 Dunyo
782 0

Tojikiston ham mintaqaning boshqa davlatlari kabi koronavirusning ikkinchi toʻlqiniga tayyorlanmoqda. Mamlakat bosh infeksionisti Erkin Rahmonovning aytishicha, profilaktika choralariga rioya etmaslik holatlari oʻta tushkun ssenariy bilan tahdid qilsa-da, sogʻliqni saqlash tizimi bunga tayyor.

“Agar ikkinchi toʻlqin kelsa, hech boʻlmaganda zaxiramiz tayyor, — deydi u. — Biz Dushanbe yuqumli shahar klinik shifoxonasini qoʻshimcha OʻSSH(IVL) moslamalari bilan jihozladik, kasalxonalarda 500 ta koyka hamda Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan yana 160 ta maxsus vagoncha mavjud. Ammo hozir sutkasiga 45—50 kishi tuzalish koʻrsatkichlari bilan ularni ishga solmagan holda, pandemiyani ushlab qolishga umid qilamiz”, — degan u “Sputnik” manbasiga bergan intervyusida. 

Tojikistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqidagi yagona milliy portalning xabar berishicha, hozirgacha mamlakatda infeksiyani 10 ming 939 kishi yuqtirgan boʻlsa, 82 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер