Tojikiston havo qatnovini tiklashni soʻradi. Rossiya esa...
“Biz Rossiya hukumatiga Tojikiston hukumatining Rossiya bilan havo qatnovini tiklash qarori toʻgʻrisida rasman xabar berdik”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik hamkasblaridan javob kutilayotganini taʼkidladi.
“Rossiya bilan havo aloqasini ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotganda, biz ushbu jarayon sanitariya meʼyorlari va epidemiyaga qarshi talablarga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirilishini hisobga olamiz”, deya qoʻshimcha qildi vazirlik.
Avvalroq, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 1-avgustdan Rossiya tomonidan xalqaro reyslar qayta tiklanishi haqida xabar bergan edi.
Oʻz navbatida Rossiya Bosh vazirining oʻrinbosari Tatyana Golikova 1-avgustdan Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga xalqaro reyslar ochilishini maʼlum qilgan.
Mishustin, shuningdek, Turkiya, Tanzaniya va Britaniya fuqarolari uchun mamlakatga kirishga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlash toʻgʻrisidagi hukumat qaroriga imzo chekdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring