Tojikiston yetakchisi tantanali kutib olindi
Foto: president.uz
Koʻksaroyda Tojikiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib oʻtdi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari ham hozir boʻldi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring