Toshloq tumanida oʻtgan yili qurilish va qishloq infratuzilmasini yaxshilashda yuqori koʻrsatkichlarga erishildi

22:16 09 Yanvar 2024 Jamiyat
447 0

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida 2023-yili Toshloq tumanida 23 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 138,7 km yoʻl asfaltlashtirildi. Umuman olganda, qoʻshimcha dasturlar asosida oʻtgan yil mobaynida 32 ta MFYda qiymati 65 milliard 840 million soʻm boʻlgan 164,6 km yoʻllarda asfaltlashtirish ishlari bajarildi.

Oʻz navbatida davlatimiz rahbarining yuqoridagi qaroriga muvofiq, oʻtgan qisqa davrda 20 ta MFYda 131 km masofada qiymati 48 milliard 453 million soʻmlik ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Oʻtgan yili “Ochiq byudjet” dasturining birinchi bosqichida gʻolib boʻlgan 14 ta ijtimoiy soha obyektlari uchun 13 milliard 162 million soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilib, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 10 ta, tuman tibbiyot birlashmasining 3 ta hamda kasb hunar maktabining 1 ta obyektida qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

— Oʻtgan yili davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tumandagi 100 ta ijtimoiy soha obyektiga 129 ta isitish qozonlari oʻrnatildi hamda isitish tizimi toʻliq yangilandi, — deydi Toshloq tumani hokimi oʻrinbosari Avazbek Dehqonov. — Shu tariqa tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 15 milliard 329 million soʻmlik ish bajarilgan boʻlib, 50 foiz davlat ulushi, yaʼni 7 milliard 664 million soʻm oʻz vaqtida toʻlab berildi.

Toshloq tumanida 2023-yili Investitsiya dasturi boʻyicha “Togʻliq” MFYda umumiy qiymati 5 milliard 201 million soʻmlik 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish, “Furqat” MFYda 2 milliard 677 million soʻmlik tuman Tibbiyot birlashmasining 25 oʻrinli shoshilinch tez tibbiy yordam, 30 oʻrinli jarrohlik, 85 oʻrinli tugʻruq, 35 oʻrinli terapiya boʻlimlarini kapital taʼmirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер