Toshkentning ayrim tumanlari vaqtincha gazdan uzib qoʻyildi
Toshkent shahrining ikki tumanida gaz vaqtincha boʻlmaydi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining quyidagi hududlariga 29-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Mirobod tumani:
- “Baynalminal” MFY Nukus koʻchasidagi 3 ta va Mironshoh 7-tor koʻchasidagi 2 ta koʻp qavatli uylardagi 280 ta xonadon;
- Mironshoh, Oq yoʻl 1-berk va Mironshoh 8-tor koʻchalaridagi 95 ta yerli xonadon:
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta.
Yakkasaroy tumani:
- “Damariq” MFY K.Beshyogʻoch, A.Qahhor koʻchalaridagi 35 ta koʻp qavatli uylardagi 2420 ta xonadon;
- Oq uy koʻchasidagi 10 ta yerli xonadon;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 24 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring