Toshkentning ayrim koʻchalarida transport harakati cheklanadi
Toshkent shahrida 11-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan tadbir munosabati bilan koʻchalardan birida transport harakati cheklanadi, deb xabar berdi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 11-noyabr kuni Kasaba uyushmalari kuni va “Yangi Oʻzbekiston – yangi kasaba uyushmalari” tadbiri munosabati bilan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan quyidagi koʻchalarda soat 08.00 dan 18.00 gacha avtomobillar harakati cheklanadi:
Buxoro va Buxoro — Buyuk Turon koʻchalari chorrahasidan Buxoro — Zarafshon koʻchalari chorrahasigacha.
Departament haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishni soʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring