Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

20:05 20 Aprel 2025 Jamiyat
534 0

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontohur, Olmazor hamda Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida “Toshkent Issiqlik Markazi” tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.

Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.

Koʻrsatilgan davrda tegishli issiqlik manbalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududlardagi isteʼmolchilar uchun issiq suv taʼminoti 25-aprelgacha toʻxtatiladi.

Taʼminotning oʻchirilishi taʼsir etuvchi manzillar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

“Oldindan ushbu maʼlumotni inobatga olishingizni va zaruriyat tugʻilganda issiq suvning muqobil manbalaridan foydalanishni rejalashtirishingizni soʻraymiz. Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер