Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazdan uzildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida taʼmirlash ishlari tufayli gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, quyidagi hududlarda hududlarida taʼmirlash ishlari tufayli bugun, 4-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha aholi isteʼmolchilarida tabiiy gaz bosimi vaqtincha pasayadi, ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi.
Sergeli tumani:
• “Nurhayot”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Daryo boʻyi”, “Sofdil” va “Soʻgʻdiyona” MFYlaridagi 124 ta koʻp qavatli uy, 833 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi, “Soʻgʻdiyona” MFYdagi 8 ta koʻp qavatli uy va 860 ta yerli xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
• Ulgurji isteʼmolchilar soni: 71 ta.
Yangihayot tumani:
• “Olchazor”, “Xushnud”, “Yorqin hayot”, “Chorbogʻ” va “Viqor” MFYlari 45 ta koʻp qavatli uy, 899 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi.
• Ulgurji isteʼmolchilar soni: 89 ta.
Bektemir tumani:
• “Zabardast” MFY isteʼmolchilari, 10:00 dan 17:00 gacha.
GTFning qayd etishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring