Toshkentdan Samaraga aviaparvozlar yoʻlga qoʻyilmoqda
2022-yil 4-iyundan Uzbekistan Airways Toshkent — Samara — Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha ilk qatnovini amalga oshiradi. Muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring