Toshkentdagi qurilishlardan birida ishchini tuproq bosib qoldi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Toshkent shahridagi qurilishda ishchini qum bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 24-may kuni soat 17:05 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring