Toshkentdagi oziq-ovqat doʻkonida yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan oziq-ovqat doʻkonida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hodisa yuzadan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-noyabr soat 12:41 da “112” tizimi orqali Toshkent shahar Yashnobod tumani Aviasozlar koʻchasida joylashgan oziq-ovqat doʻkonida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 12:47 da hodisa joyiga yetib borib, soat 12:58 da yongʻinni qurshab olgan va 13:07 da toʻliq oʻchirgan.
Bildirilishicha, alanga oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring