Toshkentdagi Mehribonlik uyida bolaga tazyiq oʻtkazgan tarbiyachi ishdan boʻshatildi

19:01 12 Fevral 2022 Jamiyat
1378 0

Foto: Arxiv surat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentdagi Mehribonlik uyida tarbiyachi bolani urib, tan jarohati yetkazdi” sarlavhali xabar eʼlon qilingan edi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi oʻrganish olib bordi. Ishchi guruhiga bosh boshqarma boshligʻi Yashin Sultonov rahbarlik qildi.

Oʻrganish xulosasiga koʻra, xabarda eʼlon qilingan holat oʻz isbotini topdi. Haqiqatan, tarbiyachi B.A. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi M.A.ga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlgan va jismoniy kuch ishlatgani aniqlandi. Tarbiyachi B.A. bilan oʻrnatilgan tartibda mehnat shartnomasi bekor qilinib, oʻz vazifasidan ozod qilingan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер