Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatida yongʻin sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” metro bekatida yongʻin chiqqani haqida maʼlumot tarqalmoqda.
Qayd etilishicha, metroga kiraverishda ikki oʻt oʻchirish brigadasi yetib kelgan, ishchilar shlangni tunnelga tushirgan.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, metrodan tutun chiqqan va yonish hidi kelgan. Ayni damda odamlarni metroga kiritish taqiqlangan.
Shuningdek, yoʻlovchilarning xabar berishicha, Alisher Navoiy vokzalidan joʻnab ketishi kerak boʻlgan poyezd yurmagan.
Stansiyaning oʻzida yongʻin chiqqan yoki vagonda, hozircha nomaʼlum.
Hozircha rasmiy izoh yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring