Toshkentdagi “Kosmanavtlar” metro bekatida chiqqan yongʻin yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

13:32 23 Dekabr 2021 Jamiyat
1304 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmanavtlar” metro bekatida poyezd vagoni yongani aytilmoqda» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan maʼlumot.

Bugun, 23 dekbar kuni soat 12:15 da Shayxontoxur tumani “Kosmonavtlar” metro bekati ichida harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat tarkib(sostav)ning 3-vagonida texnik sabablarga koʻra saqlagich (predoxranitel) kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqib qolganligi taxmin qilinmoqda. Voqea joyida hech qanday yongʻin sodir boʻlmagan. Nosoz vagon — taʼmirlash uchun DEPOga yuborilgan.

Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy ish rejimida ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер