Toshkentdagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin sodir boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahridagi koʻp qavatli uyda joylashgan xonadonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 31-mart kuni soat 14:25 da Yashnobod tumani Jarqoʻrgʻon koʻchasida joylashgan uylarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:35 da yongʻin qurshab olingan va 14:41 da oʻchirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yunusobod tumani, Shivli koʻchasida joylashgan uylarning birida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring