Toshkentdagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi

10:39 18 Avgust 2022 Jamiyat
774 0

Foto: Daryo

Joriy yilning 18-avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumani Qori-Niyoziy koʻchasida joylashgan 8-qavatli uyning 5-qavatida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da yetib borib, yongʻin soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yongʻin qoʻshni xonadonlarga oʻtib ketishning oldi olingan.

Yongʻin oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari yoʻq.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi koʻngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishni soʻrab qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер