Toshkentdagi koʻchalardan biri vaqtincha yopildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi qurilish-taʼmirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yoʻlining Oqqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Katta Darxon koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish qismi bugun, 22-may soat 15:00 dan 24-may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari uchun yopildi.
Hokimlik aholidan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, koʻrsatilgan davr mobaynida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring