Toshkentdagi ehson qutilaridan birida oq konvertlarga solingan 50 ming dollar chiqdi. Pullar “Ezgu Amal” xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazib berildi

08:51 30 Aprel 2021 Jamiyat
2107 0

Bu haqda tadbirkor Zafar Hoshimov oʻz telegram kanalida maʼlum qildi. Uning aytishicha, Korzinka.uz tarmogʻida oʻrnatilgan ehson qutisidan shuncha miqdordagi mablagʻlar topilgan.

«Tarmogʻimizning barcha shoʻbalarida ehson qutilari oʻrnatilgan. Ularga saxiy xaridorlarimiz asosan qaytimga olingan pullarini xayriya niyatida tashlab ketishadi.
Korxonamizda ushbu qutilarga tushgan barcha mablagʻlar “Ezgu Amal” xayriya jamgʻarmasi hisobiga yoʻnaltiriladi. Bu jamgʻarma saraton kasaliga yoʻliqqan bolakaylarga yordam berishga ixtisoslashgan.
Qutilar toʻlganida korxonamiz xodimlari va mutasaddilari, jamgʻarma hamda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda qutilarni ochib, ichidagi pullarni sanab jamgʻarma hisob raqamiga topshirishadi.
Bugun navbatdagi quti ochilib, pullar sanalib, taxlayotganimizda, qutidan oʻndan ortiq oq konvert chiqdi. Ularni ochib qarasak, konvertlar ichidan jami 50,000 $ pul bor ekan.
Ogʻir kasalga chalingan bolakaylarga Ramazon oyining tabarruk kunlarida shunday goʻzal ehson qilgan nomaʼlum inson amali ezgulik, olijanoblik va muqaddas Ramazon oyi xislatlariga boʻlgan ishonchimizni yana-da orttirdi.
Jamgʻarmaga pullar oʻgirilib jami 564 120 000 soʻm yuborildi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер