Toshkentdagi bogʻchalardan birida tarbiyachi gimnastika tayoqchasi bilan bolalarni kaltakladi (+video)
Bugun, 4-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi bogʻchada tarbiyachisi gimnastika tayoqchasi bilan bogʻcha tarbiyalanuvchilarni urgani aks etgan videotasvir keng tarqalgan edi.
Maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilarga nisbatan sodir boʻlgan mazkur holatni “Bolalar ombudsmani” oʻz nazoratiga olganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, holat joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi bolalar bogʻchasida sodir boʻlgan.
Unda 1994-yilda tugʻilgan tarbiyachi ayol A.P, tarbiyalanuvchilar 2018-yilda tugʻilgan Z.R (qiz bola) hamda 2019-yilda tugʻilgan S.M (oʻgʻil bola)larning quloq qismidan tortib, yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urganligi videotasvirda qayd qilingan.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi faktini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
“Bolalar ombudsmani holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom etadi, bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring