Toshkentdagi 2 ta koʻchada harakat bir tomonlama tashkil etiladigan boʻldi

17:55 11 Aprel 2026 Jamiyat
317 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi ikkita koʻchada avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladigan boʻldi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumani hokimining tegishli qaroriga muvofiq, “Buyuk Turon” mahallasi hududida yoʻllardagi tirbandliklarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi harakat tartibi joriy etilmoqda. Unga koʻra:

• Niyozbek yoʻli koʻchasi (43-sonli maktab oldi)da: Harakatlanish — Chingiz Aytmatov koʻchasidan Amir Temur shoh koʻchasi yoʻnalishi tomon.

• Niyozbek yoʻli 3-tor koʻchasida: Harakatlanish — Amir Temur shoh koʻchasidan Niyozbek yoʻli 1-tor koʻchasi tomon amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, hozirda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va YHXB xodimlari tomonidan hududga tegishli asosiy va yordamchi yoʻl belgilarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan haydovchilardan yangi oʻrnatilayotgan yoʻl belgilariga qatʼiy rioya qilish hamda harakatlanishda ilova qilinayotgan chizmaga amal qilish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер