Toshkentda zilzila qayd etildi
9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:39da Tojikistonda zilzila yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga koʻra, zilzila kuchi Toshkent shahrida 3 ballga, Guliston shahrida esa 4 ballga teng boʻlgan.
Zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 145 kilometr janubiy yoʻnalishda joylashgan boʻlib, magnituda — 4,7, chuqurlik — 10 kilometr.
Zilzila Oʻzbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:
Toshkent: 145 kilometr, 3 ball;
Namangan: 231 kilometr, 2 ball;
Andijon: 273 kilometr, 2 ball;
Fargʻona: 215 kilometr, 2 ball;
Guliston: 74 kilometr, 4 ball;
Jizzax: 126 kilometr, 3 ball;
Samarqand: 204 kilometr, 2 ball;
Termiz: 352 kilometr, 2 ball;
Qarshi: 326 kilometr, 2 ball;
Navoiy: 225 kilometr, 2 ball.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring