Toshkentda ZIL rusumli yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: FVV
Toshkent shahrida ZIL rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 10-sentyabr kuni Yashnobod tumani Ohangaron koʻchasining 2-darajali yoʻlida ZIL yuk mashinasida yongʻin kelib chiqqan. Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Manbaga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar boʻlmagan. Hozida mazkur hodisa yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Samarqandda sodir boʻlgan YTHda “Nexia-2” toʻliq yonib ketgan edi. Shuningdek, Toshkentda yoritgich ustuniga toʻqnashgan “Cobalt” ham butunlay yonib zararlangani haqida xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring