Toshkentda “Zeekr” va “Onix” ishtirokida YTH yuz berdi

11:40 20 Noyabr 2024 Jamiyat
235 0

Foto: IIBB YHXB

Chilonzor tumanida “Zeekr” va “Onix” toʻqnashishi oqibatida bir kishi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 19-noyabr kuni soat taxminan 20:45 larda Chilonzor tumani KHAY koʻchasi Soliq kolleji qarshisida sodir boʻlgan.

Xabarga koʻra, 2001-yilda tugʻilgan A.O. boshqaruvidagi “Zeekr” hamda 2003-yilda tugʻilgan B.F. boshqaruvidagi “Onix” transport vositalari oʻrtasida YTH yuz bergan.

YTH oqibatida “Onix” yoʻlovchisiga tez-tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер