Toshkent viloyatida yuk mashinasi velosiped haydab ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida yuk mashinasi 9 yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Yoʻl-transport hodisasi soat 11:30 da Nurafshon — Oqqoʻrgʻon — Yangiyoʻl avtomobil yoʻlining 57-kilometrida, Yangiyoʻl tumanining Baytish mahallasidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “MAN” yuk mashinasini 30 yoshli haydovchi boshqargan. U oʻng tomondan chap tomonga harakatlanib oʻtayotgan velosipeddagi bolani urib yuborgan. Bola turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Boʻstonliq tumani, “Chimyon” MFY hududida joylashgan restoranlarning birida yongʻin yuz bergani haqida xabar qilgandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring