Foto: Prokratura departamenti
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 590,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqaro Sh.B va boshqalar Hasanboy MFY hududida tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani rezina shlang yordamida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulab, jami 590,7 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagani aniqlangan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring