Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yongʻin yuz berdi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida yangi qurilayotgan turar joy binosida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 2-aprel kuni soat 11:43 da FVBB videokuzatuv kameralari orqali Yashnobod tumani Ohangaron shoh koʻchasi tomonida, yangi qurilayotgan turar joy binosidan qora tutun chiqayotganligi aniqlangan.
Mazkur manzilga qutqaruv ekipajlari 11:39 da yetib borib, yongʻin soat 11:52 da qurshab olinib, soat 11:54 da oʻchirilgan. Qayd etilishicha, yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Aniqlanishicha, voqea joyida turar joy binosi yertoʻlasidagi qurilish materiallari yonib zararlangan.
Toshkent shahar FVBB fuqarolar va tadbirkorlardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring