Toshkentda Vengriya universiteti ochiladi

17:32 30 Mart 2021 Jamiyat
1028 0

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirokidagi muzokaralarda maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Vengriyaning Debretsen universiteti oʻrtasida mazkur universitetning taʼlim dasturlarini Oʻzbekistonda amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolangan.

Ushbu bitim universitetning biotexnologiya, farmatsevtika va qishloq xoʻjaligi kabi taʼlim sohalarida taʼlim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Vengriya hukumati tomonidan ajratiladigan grantlar asosida har yili Oʻzbekiston fuqarolari orasidan 100 kishi Vengriya OTMlariga oʻqish uchun yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер