Toshkentda sodir boʻlgan YTHda 2 kishi halok boʻldi

15:47 25 Iyul 2024 Jamiyat
384 0

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 25-iyul kuni soat 00:30 atrofida Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi 38-uy qarshisida ayanchli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan A.K. “Lacetti” avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi beton ustunga borib urilgan. YTH oqibatida A.K (haydovchi) va 2006-yilda tugʻilgan X.X. (yoʻlovchi) olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtomashina ichida boʻlgan yana 3 nafar yoʻlovchi: 2006-yilda tugʻilgan A.I.; 2005-yilda tugʻilgan Z.I.; 2005-yilda tugʻilgan D.K. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер