Toshkentda sambo boʻyicha jahon chempionati start oldi

12:26 12 Noyabr 2021 Sport
1407 0

Bugun poytaxtimizdagi “Yunusobod sport kompleksi”da sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati boshlandi. 

Hisob boʻyicha 46-marotaba tashkil etilayotgan bahslarda jahonning 50 ga yaqin mamlakatidan 400 nafarga yaqin sambochilar sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi.

Musobaqa erkaklar, ayollar va jangovar sambo yoʻnalishida tashkil etiladi. 

Har bir yoʻnalishda 7 tadan – umumiy hisobda 21 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Reglamentga koʻra, bugun ayollar oʻrtasida -50 kg., -54 kg. va -59 kg. vazn toifalarida, erkaklar bahsida esa -58 kg. va -64 kg., jangovor sambo boʻycha -98 kg. va +98 kg. vazn toifalarida bahslar boʻlib oʻtmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер